Koronavirus (SARS-CoV-2) va COVID-19 kasalligi butun dunyo bo’ylab tarqalishda davom etmoqda.

Sizning korona bilan hayot so’rovnomasida ishtirok etishingiz koronavirus pandemiyasining ijtimoiy va iqtisodiy ta’sirini o’rganayotgan tadqiqotchilar uchun muhim ma’lumot to’plashda yordam beradi.

Korona bilan hayot – bu fuqarolik ilmiy loyihasi bo’lib, u ISDC, IGZ, UNU-WIDER va IDS olimlari guruhi tashabbusi bilan boshlagan va hozirda qator xalqaro sheriklar bilan yaqindan hamkorlikda ish olib boryapti. Tadqiqot 2020 yil 23 martda boshlangan va kamida 2020 yil oxirigacha davom etadi. U professor Tilman Bryuk boshchiligidagi xalqaro tadqiqotchilar va ko’ngillilar jamoasi tomonidan olib borilmoqda. Tadqiqot “UNU-WIDER – 01/2020” ma’lumot raqami bilan UNU-WIDER tomonidan axloqiy ma’qullangan.

Agar savollaringiz bo’lsa, lifewithcorona@isdc.org elektron pochta manziliga yuboring

So’rovnoma taxminan 10-15 daqiqa vaqtingizni oladi.

Keyingi sahifada sahifaning yuqori o’ng tomonida ochiladigan menyudan o’zingiz xohlagan tilni tanlang.


MUHIM: Agar so’rovning oldingi qismiga qaytishingiz kerak bo’lsa, iltimos brauzeringizning “orqaga” tugmachasini ishlatmang, balki so’rovnomada belgilangan “orqaga” tugmachasini bosing.

So’rovni o’tkazish uchun Google Chrome yoki Mozilla Firefox brauzerlaridan foydalanishni tavsiya etamiz.

LinkedIn